Ishga tayyorlash

#1 O’zingiz haqingizda ma’lumot bering

Shaxsiy sahifangizga kiring va barcha maydonlarni to’ldiring:

– o’zingiz haqingizda, shahringiz;

– o’rtacha 1 ish uchun xizmat haqqi;

– ixtisoslashuvingiz (ro’yxatdan 5 tadan ko’p tanlamang);

– yuridik ma’lumotingiz va ish tajriba;

Ma’lumotlar qanchalik to’liq bo’lsa, sayt foydalanuvchilari ko’proq murojaat qiladilar va ishonadilar.

#2 Fotosur’at qo’shing

Advokat fotosur’ati quyidagi talablarga javob berishi kerak:

– sur’atda yakka o’zingiz bo’lishingiz (boshqa odamlar, hayvonlar, turli buyumlarsiz);

– yuzingiz aniq aks etgan bo’lishi;

– rasmiy uslubga xoslik;

– quyosh nuridan saqlovchi ko’zoynaklar ta’qiqlanadi;

– yaxshi sifatli bo’lishi;

Fotosur’atga qo’yilgan talablar bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

 Tavsiya etilmaydiTo’g’ri

#3 Advokat ekanligingizni tasdiqlang

Saytda advokat sifatida to’liq imkoniyatlardan foydalanish va onlayn yuridik xizmat ko’rsatish uchun bizga advokatlik litsenziyangiz va advokatlik guvohnomangizning skaner nusxasini yuboring.

Bu ma’lumotlar hech qayerda ommaviy e’lon qilinmaydi, faqatgina sizning shaxsingizni hamda yuridik xizmat ko’rsatishga vakolatli ekanligingizni tasqilash uchun foydalaniladi.

Advokat maqomini olish uchun so’rovnoma yuborish

Tabriklaymiz, endi siz onlayn yuridik xizmat ko'rsatishingiz mumkin!

Yuridik konsultatsiya

Yuridik.uz loyihasidagi savollar 2 turga bo’linadi: pullik va bepul

#1 Pulli savollar

Har kuni saytimizga o’nlab savollar kelib tushadi. Ularning ayrimlari pulli savollardir. O’rtacha pulli savol qiymati – 35000 so’m. Odatda pulli savol berilgandan so’ng bir qancha advokatlar javob beradilar, mijoz barcha javoblarni o’qib chiqib, o’zi gonorarni taqsimlaydi.  Agar mijoz tomonidan savol yopilgandan keyin ham gonorar taqsimlash amalga oshirilsa, 10 kundan so’ng sayt ma’muriyati tomonidan gonorar taqsimlanadi.

DIQQAT!  Faqat advokat maqomida bo’lgan huquqshunoslargina pullik savollarga javob berishda qatnashaoladilar. Jamoamiz barcha huquqshunoslarga bunday imkoniyatni berish borasida harakat qilmoqdalar. Yaqin kunlarda barcha uchun shunday imkoniyat taqdim etiladi. 

#1 Bepul savollar

Bepul savollarga javob berish orqali insonlarga yordam berasiz, jamiyatda huquqiy madniayt rivoji o’zi hissangzini qo’shgan bo’lasiz. Qolaversa, bepul javob olgan mijozlarning aksariyati javob bergan advokat xizmatidan foydalanishga harakat qiladilar. Ya’ni bepul javob berish orqali o’zingizga mijozlar jalb qilishingiz mumkin. Shuningdek, qancha ko’p savolga javob bersangiz, saytda reytingingiz shuncha yuqorilayveradi. 

DIQQAT! Ayrim bepul savollar ham «biriktirilgan» maqomiga ega, bunday savollar bepul bo’lsa-da, ularga biroz kichik pul miqdori ajratiladi. 

Menga nima qilish mumkinligini aytadigan advokat kerak emas. Men istayotganimni qanday qilib amalga oshirishim mumkinligini ko'rsatishi uchun advokat yollayman.

Jon Pierpont Morgan
Moliyachi, tadbirkor
Tavsiyaviy javob tuzilishi

– Kirish qism

Bu qismda asosan mijoz bilan salomlashiladi. Quyidagi jumlalar tavsiya qilinadi: «Assalomu alaykum», «Hurmatli», «Bergan savolingiz uchun rahmat» va hkz. 

– Asoslantiruvchi qism

Mijozning savoliga aniq javob ko’rsatish, vaziyat bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlardan, plenum qarorlaidan iqtiboslar keltirish. Shuningdek, vaziyat yuzasidan advokatning shaxsiy mulohazasi. 

– Rezolyutsiya qismi

Asoslantiruvchi qismda ko’rsatilgan fikrlar, asoslar bo’yicha mantiqiy xulosalar, advokatning vaziyat yuzasidan mijozga beradigan maslahatlari. Mijozning vaziyatga oid huquq va majburiyatlari, mijozga tavsiya qilinadigan aniq yo’l-yo’riqlar majmui. 

 

Hoziroq onlayn yuridik xizmat ko'rsatishni boshlang

Yuridik konsultatsiya berish qoidalari

Yuridik konsultatsiya mijozga yordam berishga, uning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim

Umumiy talablar:


  • matn boshqa joydan ko'chirilmagan, muallifga tegishli bo'lishi lozim;

  • javob aniq, mijozga tushunarli bo'lishi kerak;

  • imlo qoidalarisiz, grammatik qoidalarga amal qilish;

  • Rasmiy, adabiy til uslubi qo'llanilishi, mijozga hurmat bilan "Siz" deb murojaat qilish;

  • javob to'liq va batafsil yortilishi (bepul savollar uchun bu qoida faqat tavsiyaviy)

  • normativ-huquqiy hujjatlardan olingan iqtiboslar alohida "iqtibos" formatidan foydalanilgan holatda ajratilib ko'rsatilishi lozim. 

Quyidagilar ta'qiqlanadi:


  • boshqa advokatlarning javoblarini takorlash, qayta yozish;

  • normativ hujjatlardan tushuntirishsiz ortiqcha iqtiboslar qo'yish;

  • boshqa saytlardan matnlarni ko'chirib qo'yish va savolda ko'rsatilmagan mavzular yuzasidan ortiqcha ma'lumotlar berish. 

  • saytdan chiqgan holatda o'z xizmatini taklif qilish;

  • javoblarda, izohlarda, yuklanadigan faylarda bog'lanish uchun aloqa ma'lumotlarini mijozga berish yoki ma'lumot taqdim etishga urinish;

  • mijozdan reytingi yaxshilanishi uchun ijobiy baholanishini so'rash. 

Savolingiz bormi?

Bizga qo'ng'iroq qiling yoki xabar qoldiring

 

  +99899-8373777

Saytda xizmat ko'rsatishdan avval "Foydalanish shartnomasi"(Ommaviy offerta) bilan tanishib chiqing.     
    Foydalanish shartnomasi

Bog'lanish uchun

Ismingiz *:
Email *:
Savol / taklif *:
Iltimos telefon raqamingizni ham savol/taklif bilan birgalikda shu bo'limda yozing